“O‘zagroeksport” AJ sarimsoq piyozning хarid narxini e’lon qildi

Serquyosh o‘lkamizda 2018 yilgi meva-sabzavot hosili har qachongidan ham barakali bo‘lmoqda. Bu birinchi navbatda kechayu kunduz, har qanday ob-havo sharoitida bepayon dalalarda javlon urib ter to‘kayotgan zahmatkash dehqonlarimizning mehnatlaridir. Ichki iste’mol bozoridagi barqaror narxlarning ta’minlanishida ham dehqonlarimizning xizmatlari beqiyosdir.
Bu yilgi sarimsoq piyoz hosili o‘tgan yilgiga nisbatan anchagina ortishi natijasida ushbu mahsulotning jahon bozorlariga eksport qilinishi uchun yo‘l ochmoqda.
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK tarkibidagi “O‘zagroeksport” kompaniyasi sarimsoq piyozning 2018 yilgi hosili uchun xarid narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra 55-60 mm kalibrli (o‘lchamli) sarimsoq piyozning 1 kg uchun 4 500 so‘m etib belgilandi.