“O‘zbekoziqovqatxolding” fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan gilos xarid qilish narxlarini belgiladi

O‘zbekiston gilos mevasini eksport qilish hajmi bo‘yicha jahonda 5-o‘rinda bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich bir qarashda yuqori ko‘rinsa-da, O‘zbekiston imkoniyati va salohiyati bo‘yicha dunyoda gilos eksporti yetakchisiga aylanish qudratiga ega.

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroeksport”AJ 2018-yil hosili uchun fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilgan gilos mevasini fyuchers  shartnomalari, ya’ni oldindan pul to‘lash orqali xarid qilib olish narxlarini belgiladi.

Gilos mevasi quyidagi narxlarda xarid qilinadi:

I toifa — 26 000 ming so‘m/kg;

II toifa — 18 000 ming so‘m/kg;

III toifa: – 10 000 ming so‘m/kg.

Gilos Uzagro brendi ostida eksportga yo‘naltiriladi.